Arab akademiyasi Toshkentda filial ochishni rejalashtirmoqda

14-aprel 2025 17:48 eʼlon qilindi

Aleksandr Ten

Aleksandr Ten

Muxbir a.ten@kursiv.media
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Arab akademiyasi
Arab akademiyasi Toshkentda filial ochishni rejalashtirmoqda / Foto: Depositphotos

Arab boshqaruv, bank ishi va moliya akademiyasi Oʻzbekistonda oʻz filialini ochish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.

Oʻzbekistonning Misrdagi elchisi Mansurbek Qilichev ushbu mavzuni akademiya rektori Mustafo Hodiyer bilan muhokama qildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasi Oʻzbekiston tomoniga investitsiyalarni jalb qilish hamda Yaqin Sharq va Oʻzbekiston bank tizimlarini integratsiyalashuvida yordam berishga tayyor.

Rejalarga bank sohasida mutaxassislar tayyorlash va Oʻzbekiston moliya sektoriga konsalting yordami koʻrsatish kiradi.

Arab akademiyasi oʻz tarixini 1988-yilda boshlagan. Ta’lim muassasasi uch tilda bank va moliya sohasida mutaxassislar tayyorlaydi. Uning filiallari Yaqin Sharq va Afrikada ochilgan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Oʻzbekiston ta’lim sohasiga $40 mlnlik xalqaro grant olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek