Baxtiyor Ibragimov Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinadagi birinchi elchisi boʻldi

eʼlon qilindi
Jelka Sviyanovichga o‘z ishonch yorlig‘ini topshirdi.
Baxtiyor Ibragimov
Baxtiyor Ibragimov Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinadagi birinchi elchisi boʻldi / Foto: «Dunyo» axborot agentligi

Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Bosniya va Gersegovinadagi birinchi elchisi bo‘ldi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Mazkur davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga Ibragimov o‘z ishonch yorlig‘ini topshirdi.

Tantanali marosimda tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Ibragimov avvalroq O‘zbekistonning Avstriya, Albaniya va Slovakiyadagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonning Andorradagi birinchi elchisi tayinlangani haqida yozgandi.

Shuningdek