Casio uyquni monitoring qiluvchi yangi G-SHOCK modelini taqdim etdi

14-aprel 2025 11:35 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Casio G-SHOCK modelini taqdim etdi / Foto: Gizmochina

Casio kompaniyasi MondaySleepingClub brendi bilan hamkorlikda G-SHOCK DW-5610UU-3PRM soatini ishlab chiqdi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu maxsus model sog‘lom uyqu g‘oyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, hozircha faqat Xitoyda 790 yuan (taxminan $108) narxda sotuvga chiqarilgan.

Soat DW-5600 seriyasi asosida yaratilgan bo‘lib, zarbaga va 200 metrgacha suvga chidamli. Korpus yashil smoladan tayyorlangan, bilaguzugi esa bio-smoladan bo‘lib, unda «Yaxshi uyqu – salomatlik garovi» degan yozuv mavjud. Orqa panelda hamkor brend logotipi o‘yilgan, qadoqlanishi esa yostiqqa o‘xshatib bezatilgan.

Foto: Gizmochina

Soatda sekundomer, taymer, bir nechta budilnik, har soatda signal, yorqinligi sozlanadigan yoritgich va 2099-yilgacha avtomatik tuzatiluvchi taqvim mavjud. Oylik aniqlik xatosi 15 soniyadan oshmaydi, batareyasi esa 5 yil xizmat qiladi. Soat o‘lchami 48,9×43,8×13,5 mm, og‘irligi 52 gramm, bilaguzuk esa 145 – 205 mm gacha sozlanadi.

Hozircha ushbu modelning xalqaro bozorlarga chiqish sanasi haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IWC himoyalangan turbillonli soatni taqdim etgan edi.

Shuningdek