Chery Fulwin T9 2025 krossoveri taqdim etildi

14-aprel 2025 07:55 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Chery yangi Fulwin T9 2025 krossoverini taqdim etdi / Foto: AutoHome

Xitoyda Chery kompaniyasi Fulwin T9 2025 modelining savdosi boshlandi. Bu yangi yirik krossover BYD Song L DM, Kaiyi Kunlun iHD va Jetour Shanhai L7 kabi raqobatchilarga qarshi chiqmoqda, deya yozadi Auto Home.

Foto: AutoHome

Dastlabki sotuvi davomida avtomobilga sezilarli chegirmalar qo‘llanilgan – narxlar 119,9 ming yuandan (taxminan $16,4 ming) boshlanadi.

Fulwin T9 2025 1,5 litrli turbo dvigatel va elektromotordan iborat Kunpeng Super Hybrid C-DM tizimi bilan jihozlangan. Umumiy quvvati 380 ot kuchini tashkil etadi. Avtomobil tezkor quvvat olish funksiyasiga ega bo‘lib, akkumulyatorni 30% dan 80% gacha atigi 20 daqiqada zaryadlash mumkin. To‘liq elektr rejimida yurish masofasi 210 km ni tashkil etadi.

Foto: AutoHome

Krossoverning o‘lchamlari – 4795 x 1930 x 1738 mm, g‘ildirak bazasi esa 2770 mm. Salon ichida 10,25 dyuymli raqamli asboblar paneli hamda Snapdragon 8155 protsessoriga asoslangan 15,6 dyuymli multimedia tizimi mavjud. Yuqori komplektatsiyalarda esa zamonaviy adaptiv osma – CDC (Continuous Damping Control) tizimi ham taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zeekr 9X krossoveri haqida yozgan edik.
 

Shuningdek