
«Latsio» va «Roma» jamoalari A Seriyaning 32-turidan o‘rin olgan markaziy bahs – Rim derbisida 1:1 hisobida durang natijani qayd etdi. Uchrashuv «Olimpiko» stadionida bo‘lib o‘tdi va har doimgidek qizg‘in va murosasiz kurashga boy bo‘ldi.
O‘yinning ikkinchi bo‘limida, aniqrog‘i 59-daqiqada «Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov Lorenso Pellegrinining o‘rniga maydonga tushdi. Ammo o‘zbekistonlik futbolchi hisobga ta’sir qila olmadi va gol ura olmadi.
Bahs davomida ikkala jamoa ham gol urish uchun imkoniyatlar yaratdi, lekin yakunda Rim derbisi har ikki klub uchun bittadan ochko bilan yakunlandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shomurodov «Roma» bilan shartnomasini 2027-yilning yozigacha uzaytirgani haqida xabar bergan edi.