
Mercedes-Benz Little G nomli ixcham elektrobilini ishlab chiqmoqda. U 2027-yildan foydalanuvchilarga topshiriladi. Bu haqda speedme nashri ma’lum qildi.
Yangi model G-Classning ramziy dizaynida ishlab chiqariladi. U quvvati 482 ot kuchigacha boʻlgan ikkita eATS 2.0 elektrodvigatellari, ikki pogʻonali uzatmalar qutisi, pnevmatik suspenziya va toʻliq uzatmali moslamalardan iborat boʻladi. Modelning saloni besh kishiga moʻljallangan.
Uning taxminiy narxi $90 mingni tashkil etadi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Mercedes-AMG GLA 35 4MATIC taqdim etilgani haqida yozgan edi.