Investitsiyalar

Besh grammlik oltin quyma narxi 7 million so‘mga yaqinlashdi

Markaziy bank ma’lum qildi
oltin
Oltin narxi 6,9 million so‘mga yetdi / Foto: AntonMatyukha/Depositphotos

Bugun, 14-aprel kuni besh grammli oltin narxi rekord darajaga – 6,9 million so‘mga yetdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shuningdek, 10 va 20 grammlik tilla quymalari narxi ham oshdi – mos ravishda 13,8 million va 27,7 million so‘mni tashkil etdi.

Bundan tashqari, regulyator 50 grammli oltin narxini 69,3 mln so‘m, 100 grammli quymaning narxini esa 138,7 mln so‘m etib belgiladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Markaziy banki fevral oyida eng koʻp oltin sotuvchiga aylangani haqida yozgandi.