Yangiliklar

O‘zbekiston ta’lim sohasiga $40 mlnlik xalqaro grant oldi

Mablag‘ni Islom taraqqiyot banki ajratadi
O‘zbekiston ta’lim sohasiga
O‘zbekiston ta’lim sohasiga $40 mlnlik xalqaro grant oldi / Foto: NewAfrika / www.depositphotos.com

O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Islom taraqqiyot banki (ITB) o‘rtasida $40 mlnlik grant shartnomasi imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.

Shuningdek, Global Partnership for Education (GPE) tomonidan ham ta’lim sohasini rivojlantirishga doir grant shartnomasi tuzildi. Loyiha doirasida O‘zbekiston bo‘ylab 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi, maktablarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, o‘qituvchilar malakasini oshirish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va maktabgacha ta’lim sifatini oshirish kabi yo‘nalishlar qamrab olinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan maktab bitiruvchilari uchun fan olimpiadasi o‘tkazilishi haqida xabar bergan edi.