O‘zbekiston xokkey terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk o‘yinida Quvaytni mag‘lub etdi

14-aprel 2025 11:02 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
O‘zbekiston xokkey terma
O‘zbekiston xokkey terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk o‘yinida Quvaytni mag‘lub etdi / Foto: UzHockey

Armanistonning Yerevan shahrida boshlangan xokkey bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining IV divizion bahslarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk marta ishtirok etmoqda. Turnirdagi debyut uchrashuvda o‘zbek xokkeychilari Quvayt jamoasiga qarshi muzga chiqdi va yirik 13:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: UzHockey

Uchrashuv davomida Vadim Kravchenko va Salohiddin Azimov xet-trik qayd etishdi. Shuningdek, Artyom Malsev dubl qayd etgan bo‘lsa, Ilya Nazarevich, Pavel Sinyavskiy, Jasurbek Rustamxonov, Javohir Rasulov va Daniel Kogan ham bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk ishtirokini yirik g‘alaba bilan boshladi. Indoneziya Eronni 2:1 hisobida mag‘lub etganidan so‘ng hozircha O‘zbekiston turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi uchrashuvda mezbon Armaniston Malayziyaga qarshi maydonga tushadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat xokkey terma jamoasi Armanistonga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek