Pokiston xalqaro havo yoʻllari Oʻzbekistonga parvozlarni amalga oshiradi

Pokiston xalqaro havo yoʻllari (PIA) Oʻzbekistonga parvozlarni amalga oshiradi. Bu qaror Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif topshirigʻiga binoan qabul qilindi.
Bu haqda Bosh vazirning sanoat masalalari boʻyicha yordamchisi Xorun Axtar Xon va Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi rahbari Umid Shodiyev oʻrtasidagi uchrashuvdan soʻng ma’lum qilindi.
Tomonlar turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Pokiston tomoni Oʻzbekistondan kelgan sayyohlar uchun viza tartiblarini soddalashtirish ustida ish olib borishini ta’kidlagan.
Ikki davlat oʻrtasidagi parvozlarga xususiy aviakompaniyalarni ham jalb etish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri UzAirways toʻrtinchi LET L-410 havo kemasini qabul qilgani haqida yozgan edi.