Yangiliklar

Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

4 ballgacha
Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi / Foto: Facebook.com

2025-yil 14-aprel kuni soat 22:11 da Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yer silkinishi 10 km chuqurlikda yuzaga kelgan. Toshkent shahridan 312 km janubiy-sharqda joylashgan zilzila episentrida tebranishlar 4 ballgacha sezilgan.

Zilzila to‘lqinlari O‘zbekistonning Andijon viloyatida ham sezilib, Xo‘jaobod, Qo‘rg‘ontepa va Jalaquduq tumanlarida 3 ball, Buloqboshi va Xonobodda 2-3 ball, Marhamat, Andijon shahri, Asaka va Paxtaobod tumanlarida esa 2 ballgacha bo‘lgan kuchda qayd etildi. Hozircha tabiiy ofat oqibatida talofatlar haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonda ham zilzila sodir bo‘lgan edi.