Fan

Quyoshdan Yer sari gigant protuberanslar yaqinlashmoqda

14-aprel 2025 22:10 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Quyoshdan Yer sari gigant protuberanslar yaqinlashmoqda / Foto: Midjourney

13-aprel kuni Quyoshning Yergа qaragan tomonida ikki yirik protuberans fazoga otildi. Mutaxassislar ularning tarkibidagi zich quyosh moddasi 15–16 aprel kechasi Yer atmosferasiga yetib kelishini taxmin qilmoqda, deya ma’lum qildi Rossiya IKI va ISTP Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi.

Hozirda Quyoshdan ajralib chiqqan ikki oqimning Yer sari harakatlanayotgani kuzatuv va modellarda tasdiqlangan. Ular keladigan vaqtda sayyoramiz kuchli geomagnit silkinishlarga duch kelishi mumkin. Bo‘ron cho‘qqisi 16-aprel kunining ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.

Bu jarayon polar nurlarining paydo bo‘lish ehtimolini oshiradi. Mutaxassislarning aytishicha, oxirgi oylar ichida bu eng yuqori darajadagi ehtimol hisoblanadi. Yer osmonida yorqin nurlar sahnasini kuzatish uchun qulay fursat bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, protuberanslar Quyosh atmosferasidagi minglab kilometr uzunlikdagi zich gaz to‘plamlari bo‘lib, ular kuchli magnit maydonlari ta’sirida Quyosh toji ustida muallaq holatda turadi. Ushbu hodisa kuchli magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin, chunki katta massa Yerning magnitosferasiga jiddiy ta’sir o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Quyoshda kuchli chaqnash sodir boʻlgan edi. 

Shuningdek