
13-aprel kuni Toshkent shahrida VII Xalqaro marafon bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 52 davlatdan 11,5 ming nafar ishtirokchi qatnashdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Poyganing boshlanish va tugash nuqtasi O‘zbekistonning Yangi bog‘i bo‘ldi. Musobaqada davlat idoralari vakillari, professional sportchilar, havaskorlar jamoalari ishtirok etdi. Musobaqa besh masofada o‘tkazilgan.
Imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasida bir kilometr masofaga poyga tashkil etilgan.
Musobaqa g‘oliblariga medallar, esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari topshirildi. Marafon tashkilotchilari poyga Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (World Athletics) tomonidan e’tirof etilganini ta’kidlashgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogi yarim finaliga chiqqani haqida yozgan edi.