
Xiaomi kompaniyasi HyperOS 2.0 yangilanishini jadal suratda kengaytirishda davom etmoqda. Olti oy ichida kompaniya yangi operatsion tizimni 8 mintaqada yuzdan ortiq smartfon va planshetlarga taqdim etdi. Xiaomitime portali yangilanishni olgan barcha modellar ro‘yxatini e’lon qildi.




Bu HyperOS 2.0 operatsion tizimining yakuniy versiyasini olgan qurilmalar ro‘yxatidir. Yangilanishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va ba’zi hududlarda keyinroq mavjud bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi 15 yilligi sharafiga 15S Pro flagmanini taqdim etishi haqida xabar bergan edi.