Haydovchilar endi jarimalarni «Safe Road» ilovasidan bilib oladi

eʼlon qilindi
Bu ilova avvalgi «Road 24» ilovasining o‘rnini egallaydi
YHXX haydovchilar
Haydovchilar endi jarimalarni «Safe Road» ilovasidan bilib oladi / Foto: stefanovicigor / www.depositphotos.com

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmatining xabar berishicha, haydovchilar endilikda jarimalar va boshqa muhim ma’lumotlarni yangi ishlab chiqilgan «Safe Road» mobil ilovasi orqali kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi. Bu ilova avvalgi «Road 24» ilovasining o‘rnini egallaydi.

Yangi ilova faqat jarimalarni ko‘rish imkonini emas, balki kengaytirilgan funksiyalarni ham taklif qiladi. Masalan, foydalanuvchilar «tonirovka» uchun ruxsatnoma ma’lumotlarini saqlash, sug‘urta holatini tekshirish, avtoraqam xarid qilish, ishonchnoma rasmiylashtirish va boshqa bir qator xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

«Safe Road» ilovasi haydovchilar uchun yo‘l harakati bilan bog‘liq xizmatlarni yagona platformada boshqarish imkonini beruvchi qulay vositaga aylanishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan avtobus yo‘lagidan yurgan haydovchilar 1,125 ming so‘m jarima to‘lashi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek