
13-aprel kuni Geely kompaniyasining Zeekr 007 GT elektromobili Yevropa bozori uchun ishlab chiqarilishni boshladi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar berdi.
Ushbu avtomobil 15-apreldan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Yevropa bozoriga Zeekr 7 GT nomi bilan taqdim etiladi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobilni ishlab chiqarish jarayoniga yirik til modellari (LLM) va sun’iy intellekt integratsiya qilingan.




Shuningdek, 5G tarmog‘i va avtomobilda real vaqtda ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi bilan jihozlandi. Natijada ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj 80 foizga, nuqsonli mahsulotlar soni esa 30 foizga qisqardi
Ma’lumot uchun, zavod 2018-yil oxirida qurib bitkazilgan bo‘lib, 2021-yilning uchinchi choragida Zeekr 001 modelini ishlab chiqargan. 2025-yilda esa zavod Muse Design Award mukofotini qo‘lga kiritgan. Zeekr 007 GT — Zeekr brendining oltinchi modeli.
Yangi model Zeekr Pilot haydovchiga yordamchi tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u LiDAR texnologiyasiga ega.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zeekr 9X krossoverining imkoniyatlari taqdim etilgani haqida yozgandi.