15-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi

O‘zbekiston bo‘ylab 15-aprel kuni asosan biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Biroq tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli mavjud, deya xabar beradi «O‘zgidromet».
Toshkent shahrida havo iliq bo‘ladi – kechasi 13-15°, kunduzi 26-28°. Sharqiy shamol kun davomida kuchayishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Kunduzi harorat 20-25° gacha ko‘tariladi.
Buxoro va Navoiyda iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi – kunduzi 27-32° gacha iliqlik kutilmoqda, shamol ba’zida kuchayishi mumkin.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo sokin, kunduzi 24-29° issiqlik bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda yozgi iliqlik – kunduzi 32-37° gacha.
Andijon, Namangan va Farg‘onada havo mo‘’tadil iliq, 23-28° atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda esa qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq va sel xavfi mavjud. Harorat kunduzi 14-19° ni tashkil etadi.