3,5 yilda diplom va 2200 yevro oylik: Germaniyada kasbiy ta’lim uchun yana bir imkoniyat

eʼlon qilindi
Oyiga 635 – 950 yevro miqdorida stipendiya taqdim etiladi
Germaniyada ta’lim uchun yana bir imkoniyat / Foto: Travelgo.com

2025-yil avgustidan boshlab SEIT for tomorrow tashkiloti hamkorligida Ausbildung dasturiga ro‘yxatdan o‘tish ochildi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, dastur davomida ishtirokchilar har oy 635 – 950 yevro miqdorida stipendiya olishadi, o‘qishni yakunlagach esa 1600 – 2200 yevro oylikka ega bo‘lishadi.

40 ta bo‘sh ish o‘rni avtomexanik, metallni qayta ishlash, elektrik, duradgor va tom yopuvchi kabi sohalarni qamrab oladi. Har bir yo‘nalishda amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi va kasb-hunarga chuqur o‘zlashtirish imkoniyati yaratiladi.

Dastur ishtirokchilari ishchi vizasi, aviachipta, transfer, ro‘yxatdan o‘tish, yashash joyi xarajatlari va tibbiy sug‘urtadan ozod etiladi – barchasi ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

Nomzodlardan nemis tilidan B1 darajadagi xalqaro sertifikat, o‘rta maktab shahodatnomasi, texnik bilim va jismoniy sog‘lomlik talab etiladi. Sinov muddati 1 oy, dastur muddati esa 3,5 yil. Ro‘yxatdan o‘tish xorijdaish.uz saytida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oʻzbekistonliklar Slovakiyaga ishga taklif qilingan edi.

Shuningdek