AQShga sayohat qilgan o‘zbekistonliklar soni ikki oyda ikki mingtaga yetdi

eʼlon qilindi
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 291 nafarga oshgan
AQSHga sayohat qilgan o'zbekistonliklar
AQShga sayohat qilgan o‘zbekistonliklar soni ikki oyda ikki mingtaga yetdi / Foto: iakovenko123 / depositphotos.com

Shu yilning yanvar-fevral oylarida ikki ming nafar O‘zbekiston fuqarosi sayyohlik maqsadida AQShga tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 291 nafarga (16,7 foizga) oshgan.

O‘zbekistonlikning 1,4 mingdan ortig‘i sayohatga, 498 nafari qarindoshlar ziyoratiga, 63 nafari o‘qish maqsadida va 12 nafari xizmat yuzasidan borgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonga tashrif buyurgan turkiyaliklar soni qariyb 60 foizga oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek