
Newsweek jurnali AQShning Grenlandiyani sotib olish imkoniyatini moliyaviy jihatdan baholab, tarixiy takliflar va bugungi iqtisodiy realiyalar asosida narxni hisoblab chiqdi. Bu haqda RBK nashri ma’lum qildi.
Jurnal 1946-yilda AQSh sobiq prezidenti Garri Trumen Grenlandiya uchun Daniyaga $100 mln oltin taklif qilganini eslatib o‘tgan. Bugungi inflyatsiyaga mos ravishda bu summa taxminan $1,6 mlrdga teng. Bunga orolni boshqarish va rivojlantirish uchun yiliga $600 mlndan oshadigan subsidiyalar ham qo‘shiladi. Shu asosda Newsweek Grenlandiya AQShga kamida $2,2 mlrdga tushishi mumkin degan xulosaga kelgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z davrida Grenlandiyani sotib olish istagini ochiq bildirgan va bu orolni Qo‘shma Shtatlar nazorati ostida bo‘lishi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan. U hatto bu haqda videomurojaat ham e’lon qilgan edi.
Biroq Daniya ham, Grenlandiya hukumati ham bu taklifni qat’iyan rad etgan. Grenlandiyaning yangi bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen AQShning Grenlandiyani qo‘lga kiritishi mumkin emasligini aniq aytgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham bu masalaga izoh berar ekan, Trampning bayonotlarini «shunchaki ortiqcha gaplar emas, balki jiddiy niyatlar» deb baholagan. Unga ko‘ra AQSh Arktikadagi manfaatlarini strategik tarzda ilgari surmoqda. Shu bilan birga, Moskva NATO davlatlarining Uzoq Shimolni ehtimoliy mojaro hududi sifatida ko‘rsatayotganidan xavotirda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nega Trampga Grenlandiya kerakligi haqida xabar bergan edi.