
Xitoyning Dongfeng brendi oʻz assortimentini kengaytirmoqda. 13-aprel kuni yangilangan Aeolus L7 2025 krossoverining sotuvi boshlandi. Uning narxi mahalliy Chevrolet Cobalt narxi bilan teng. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.
Avtomobil oʻzining tanish siluetini saqlab qolgan, biroq bir qator yangilanishlar bilan jihozlangan. Aeolus L7 ham elektr transport vositasi (EV) va ham plaginli gibrid (PHEV) quvvat uzatmasi bilan taqdim etiladi. Oʻlchovlar konfiguratsiyaga bogʻliq: uzunligi – 4670 dan 4685 mm gacha, kengligi – 1900 mm, balandligi – 1610 dan 1625 mm gacha, gʻildirak bazasi 2775 mm ni tashkil qiladi.

U bir nechta intellektual tizim bilan jihozlangan. Jumladan, ABS, tortish va barqarorlikni boshqarish, tepadan tushishni boshqarish, tormoz kuchini elektron taqsimlash va gidravlik tormoz kuchaytirgich imkoniyatlari mavjud.
PHEV versiyasi gibrid va elektromobillar uchun yechimlarni birlashtirgan Mach PHREV modulli platformasida qurilgan. U 134 ot kuchiga ega elektrmotorga ega. Tizimning umumiy quvvati 355 ot kuchiga va 615 Nm momentga yetadi. Bu 170 km/soat tezlikka erishish imkonini beradi.

Modelning narxi mahalliy Xitoy bozorida $14 mingdan boshlanadi. Bu pulga Oʻzbekistonda Chevrolet Cobalt xarid qilishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Captiva elektromobilining rasmlari paydo boʻlgani haqida yozgan edi.