Dollarning rasmiy kursi oshdi

eʼlon qilindi
16-apreldan 11,33 so‘mga oshadi
Foto: David Trinks / Unsplash

16-apreldan AQSh dollarining rasmiy kursi 11,33 so‘mga oshib, 12 980,89 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 850 – 12 925 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 945 – 13 000 so‘m oralig‘ida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 45,51 so‘mga tushib, 14 722,93 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 1,58 so‘mga oshib, 158,67 so‘mga teng bo‘ldi.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.    

Shuningdek