
Insayder Majin Bu tomonidan yangi iPhone 17 smartfonlari maketi ilk bor ommaga taqdim etildi. Suratlarga ko‘ra, iPhone 17 Air modeli juda yupqa korpus va gorizontal kamerali blok bilan ajralib turadi.

Yangi model iPhone 16 Plus o‘rnini egallashi kutilayotgan iPhone 17 Air atigi 5,5 mm qalinlik bilan Apple tarixidagi eng yupqa smartfon bo‘lishi mumki. Unda 6,9 dyuymli ekran, A19 chipi, 48 MP kamera va bitta dinamik bo‘lishi kutilmoqda.
Narxi taxminan $900 dan boshlanishi aytilmoqda. Rasmiy taqdimot esa 2025-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple boj to‘lovlaridan qochish uchun Hindistondan AQShga 1,5 million iPhone olib kelgan edi.