Markaziy bank toʻrtta mikromoliya tashkilotini roʻyxatdan oʻtkazdi
eʼlon qilindi
Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi

Oʻzbekiston Markaziy banki toʻrtta tashkilotni respublika mikromoliya tashkilotlari (MMT) roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra Bright future financing, Muvaffaqiyat mikromoliya tashkiloti, Urban finance solutions va Xon saroy moliya korxonalari qarorga asosan reyestrga kiritildi.
Avvalroq, 30-mart kuni Biznesga koʻmaklashish mikromoliya tashkiloti mas’uliyati cheklangan jamiyati mikromoliya tashkilotlari reyestriga kiritilgani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, Kursiv Uzbekistan Ipoteka xizmati group va Tasfinanse mikromoliya tashkiloti moliyaviy jarimaga tortilgani haqida yozgandi.