Gadjetlar

Nvidia ilk bor superchiplarini AQShda ishlab chiqara boshladi

12 – 15-oy ichida to‘liq hajmda ishlab chiqaradi
Nvidia ilk bor superchiplarini AQShda ishlab chiqara boshladi / Foto: Vox

Nvidia kompaniyasi o‘z tarixida ilk bor sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan superchiplar ishlab chiqarishni AQShda yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, yangi Blackwell chiplarini Tayvanning TSMC kompaniyasi Arizonadagi zavodida ishlab chiqarmoqda. Bundan tashqari, Nvidia Xyustonda Foxconn va Dallasda Wistron bilan hamkorlikda o‘zining zavodlarini qurmoqda. Katta hajmdagi ishlab chiqarish 12 – 15 oy ichida bosqichma-bosqich kengaytirilishi kutilmoqda.

Bu voqea AQShda ilgari bunday murakkab va zamonaviy chiplar ishlab chiqarilmaganligi sababli muhim ahamiyatga ega. Kompaniya kelgusi to‘rt yil ichida TSMC, Foxconn, Wistron, Amkor va SPIL bilan hamkorlikda AQShda sun’iy intellekt infratuzilmasidan yarim trillion dollargacha daromad olishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple boj to‘lovlaridan qochish uchun Hindistondan AQShga 1,5 million iPhone olib kelgan edi.