
Rus tilini biladigan va «B» toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega oʻzbekistonliklar Slovakiyadagi avtomobil zavodlariga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Nomzodlarga rus tilini bilish, avtokarada ishlash boʻyicha 6 oylik tajriba va sudlanmagan boʻlish (Oʻzbekiston va Shengen hududida) talablari qoʻyiladi. Shuningdek, ular ikki bosqichli imtihonlardan oʻtishi shart.
Mavjud vakansiyalar soni 100 tani tashkil qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Oʻzbekistonliklar Kanadaga ishga taklif qilinayotgani haqida yozgan edi.