«Risoviy» bozori hududi auksionga qo‘yildi

Toshkent shahridagi «Beshqo‘rg‘on» bozorining («Risoviy» bozori) binolari va yer maydoni E-auksion savdo platformasi orqali auksionga qo‘yildi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) tomonidan savdoga qo‘yilayotgan obyekt Farg‘ona yo‘li va Abdurauf Fitrat ko‘chalari kesishmasida joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 0,26 gektarni tashkil etadi.
Lotning boshlang‘ich narxi 15,94 mlrd so‘m etib belgilandi. Arizalar 28-aprel kuni soat 09:00 gacha qabul qilinadi, natijalar esa 10:00 da e’lon qilinadi.
Rejalarga ko‘ra, bu yerda zamonaviy savdo majmuasi, «eko-bozor», ko‘ngilochar maskanlar, biznes markaz, ofis va xizmat ko‘rsatish maydonlari, shuningdek, avtoturargoh qurilishi mo‘ljallangan. Qurilish ishlari maxsus loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan master-reja asosida amalga oshiriladi.






Avvalroq «Kursiv» o‘tgan yilning dekabr oyida Askiya bozori E-auksion platformasida sotuvga chiqarilgani haqida yozgandi.