Samsung kompaniyasi Tab Active5 Pro planshetini taqdim etdi

15-aprel 2025 11:56 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Samsung
Samsung kompaniyasi Tab Active5 Pro planshetini taqdim etdi / Foto: Samsung

Samsung Galaxy XCover7 Pro smartfoni va Galaxy Tab Active5 Pro planshetini taqdim etganini rasman e’lon qildi. Ikkala qurilma ham Qualcomm Snapdragon 7s Gen 3 protsessoriga asoslangan va 5G ulanishini qoʻllab-quvvatlaydi.

Modellar MIL-STD-810H harbiy, IP68 chang va suvga chidamlilik sertifikatidan oʻtgan. Qurilmalarda Corning Gorilla Victus+ shisha qopqogʻidan foydalanadi, ularni oddiy dezinfektsiyalash vositalari bilan tozalash mumkin. Galaxy Tab Active5 Pro plansheti namlik muhitida foydalanish mumkin boʻlgan S Pen bilan jihozlangan.

Samsung
Foto: Samsung

Planshet 10,1 dyuymli 1920×1200 oʻlchamli 120 Gts yangilanish tezligiga ega. Unda TFT LCD displey va 11000 mA/soat sigʻimli foydalanuvchi tomonidan almashtiriladigan ikki tomonlama batareyalar mavjud. Model 6 Gb +128 Gb/8 Gb hamda +256 Gb microSD xotirasi bilan jihozlangan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Galaxy S24 egalari qurilmalarni qulfdan chiqarishda qiyinchiliklarga duch kelgani haqida yozgan edi. 

Shuningdek