
Neft-gaz sohasi yetakchilaridan biri bo‘lgan Saneg kompaniyasi yangi shu‘ba korxona – Saneg JetWhitesni tashkil etdi. Ushbu kompaniya aviatsiya yoqilg’isi yetkazib berish bo‘yicha yagona operator sifatida faoliyat yuritadi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, JetWhites Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilgan aviatsiya yoqilg’isi va kerosin savdosi bilan shug‘ullanadi. Hozirning o‘zida Toshkentdagi Saneg’ning yoqilg‘i quyish majmuasi O‘zbekistonning aviatoplivo bo‘yicha ehtiyojining 80 foizigacha qoplash imkoniyatiga ega.
Kompaniya yil oxiriga qadar yarim-sintetik aviakerosin ishlab chiqarishni 240 ming tonnagacha yetkazishni rejalashtirmoqda. Kelgusi besh yil ichida esa yillik ishlab chiqarish hajmini 500 ming tonnagacha oshirish ko‘zda tutilgan. Buxoro va Samarqandda yangi yoqilg‘i terminallari qurilishi ham rejalashtirilgan.
«Bizning maqsadimiz – mijozlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda, moslashuvchan, zamonaviy va samarali aviatsiya yoqilg’isi yetkazib berish tizimini yaratish», – dedi Saneg JetWhites direktori Azizbek G‘ayupov.
Farg‘ona zavodida ishlab chiqariladigan mahsulotlardan tashqari, kompaniya har oy 5 mingdan 10 ming tonnagacha import qilingan aviakerosin ham yetkazib beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon aeroportida yiliga 3,7 mingta parvozlar amalga oshirilishi haqida yozgan edik.