
Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Andijon viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev yangi korxonalar faoliyati, sanoat, energetika, shaharsozlik va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.
Davlat rahbari viloyatni kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish ham oʻtkazishi ham rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Shavkat Mirziyoyev yangi turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishgani haqida yozgan edi.