Toshkent – Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilish to‘xtatiladi — UzAirways

eʼlon qilindi
14-apreldan
Haj-2025
Toshkent – Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilish to‘xtatiladi / Foto: UzAirways

14-apreldan boshlab UzAirways aviakompaniyasi Toshkent – Jidda – Toshkent yo‘nalishidagi reyslarda Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi. Bu haqda aviakompaniya rasmiy xabar berdi.

Unga ko‘ra, bu cheklov «Haj – 2025» dasturi boshlanganligi munosabati bilan amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, 14-apreldan boshlab Saudiya Arabistoniga aviakompaniya reyslari orqali boruvchi barcha yo‘lovchilar Toshkentga qaytish chiptasiga ega bo‘lishi va 30-aprelgacha mamlakat hududini tark etishi shart.

30-apreldan keyin Saudiya Arabistoni hududida qolgan yo‘lovchilar aniqlansa, ularga nisbatan qo‘llaniladigan jarimalar uchun javobgarlik to‘liq yo‘lovchi yoki agent zimmasiga yuklanadi.

Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi ko‘rsatmasi asosida, Uzbekistan Airways tomonidan amalga oshirilayotgan Toshkent – Jidda – Toshkent yo‘nalishidagi barcha reyslar 2025-yil 30-apreldan boshlab bekor qilinadi.

Avvalroq «Kursiv» Uzbekistan Airways reyslari internet bilan ta’minlanishi haqida yozgandi.

Shuningdek