Tramp AQShda chip va dori vositalariga boj joriy etishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Bu esa dori vositalarida tanqislikka olib kelishi mumkin
Tramp AQShda chip va dori vositalariga boj joriy etishni rejalashtirmoqda / Foto: Bloomberg.com

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati yarimo‘tkazgichlar va farmatsevtika mahsulotlari importiga boj tariflarini joriy etish yo‘lida muhim qadam qo‘ydi. Savdo vazirligi bu mahsulotlarning milliy xavfsizlikka ta’sirini o‘rganishni boshladi, deya yozmoqda Bloomberg.

Yangi bojlar sun’iy intellekt, avtomobilsozlik va elektronika sohalarida muhim o‘rin tutuvchi chiplar ishlab chiqarish tarmog‘iga ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, bu dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga katta zarba bo‘lishi kutilmoqda. Chunki bojlar narxlarning oshishiga va hayotiy muhim dori vositalarida tanqislikka olib keladi.

Trampning maqsadi xorijdan ishlab keltiriladigan mahsulotlar o‘rniga AQShda ishlab chiqarishni rag‘batlantirishdir. Ammo tahlilchilarning ogohlantirishicha, ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirish yillar talab etadi va bu jarayon juda qimmatga tushadi.

Ushbu bojlar, ayniqsa, Irlandiya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi davlatlardan dori va chiplar import qiluvchi yirik kompaniyalarni qamrab oladi. Shu bilan birga, ayrim kompaniyalar AQShda katta sarmoyalar qilishga va’da bermoqda, biroq bu bojlarning salbiy ta’sirini yumshata olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp smartfon va kompyuterlarni boj toʻlovlaridan ozod qilgan edi.

Shuningdek