
Yaponiyaning Sony kompaniyasi PlayStation 5 konsoli narxini 25 foizga oshirdi. Bu haqda PlayStation blogi xabar bermoqda.
Yevropada PlayStation 5 Digital Edition narxi 50 yevroga oshib, 500 yevroga tashkil etdi. Buyuk Britaniyadagi narxlar esa 430 funt sterlingga yetgan.
Narxlarning oshishi Avstraliya va Okeaniyada ham kuzatilgan.
Sony kompaniyasining global marketing boʻyicha vitse-prezidenti Isabel Tomatisning taʼkidlashicha, qurilma narxlari inlyatsiya va og’ir iqtisodiy vaziyat tufayli qimmatladi.
Eslatib oʻtamiz, Sony telefonlar uchun 200 megapikselli kamera sensorini ishlab chiqishi haqida yozgan edik.