Andijonda 2024-yilda 4 mingdan ziyod yangi tadbirkorlar ish boshlagan

eʼlon qilindi
450 ming aholi ishli bo‘ldi
Shavkat Mirziyoyev
Andijonda 2024-yilda 4 mingdan ziyod yangi tadbirkor ish boshlagan / Prezident matbuot xizmati

Oʻtgan yilda Andijon viloyatida 4 mingdan ziyod yangi tadbirkorlar ish boshlab, 51 ta korxona kichikdan oʻrta toifaga oʻtgan. Bu haqda Prezident ishtirokidagi Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha yigʻilishda ma’lum qilindi.

Viloyatda 1,5 mln kvadrat metr turarjoy va 850 ming kvadrat metr noturar obyektlar qad koʻtargan. Buning hisobiga oʻtgan yili savdo va xizmatlar 13 foizga, sanoat 7,5 foizga oshgan.

«Lekin hayot bir joyda toʻxtab qolmaydi. Odamlar har kuni izlanib, yangi gʻoya va tashabbuslar bilan chiqyapti, oldimizga katta-katta masalalarni qoʻymoqda”, – degan Shavkat Mirziyoyev.

Shuni hisobga olib, viloyatga qoʻshimcha 1 trillion soʻm yoʻnaltirilishi aytilgan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Andijon viloyatida barpo etilayotgan Yangi Andijon shahri qurilishi bosqichma-bosqich davom etayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek