
Apple kompaniyasi ilk bor ramkasiz, ekran osti kamerali va bukiladigan iPhone ustida ishlamoqda. Bu haqda Mydrivers nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu modelda hech qanday kesim yoki teshik bo‘lmaydi, ichki ekran 7,76 dyuymli va to‘liq ramkasiz bo‘ladi.
Shuningdek, tashqi ekran 5,49 dyuymli bo‘lib, faqat kamera uchun kichik teshikka ega. Biroq ekran osti kameraning yorug‘lik o‘tkazuvchanligi hali talab darajasida emas, bu esa selfi sifati bo‘yicha talabchan Apple uchun muhim muammo hisoblanadi.
iPhone 17 va iPhone 18 esa an’anaviy dizaynni saqlab qoladi. Bukiladigan iPhone’ning ommaviy ishlab chiqarilishi 2027-yilning ikkinchi yarmida boshlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone 17’ning ilk maketlari ommaga namoyish etilgan edi.