Binance’da sun’iy intellekt bilan integratsiya hali bo‘lmaydi

eʼlon qilindi
Yaqin kelajakda sun’iy intellekt agentlari mustaqil ravishda faoliyat yurita boshlaydi
sun'iy intellekt bilan
Binance’da sun’iy intellekt bilan integratsiya hali bo‘lmaydi / Foto: ChatGPT

16-aprel kuni Toshkentda boshlangan Crypto Week Uzbekistan 2025 xalqaro forumida Binance kompaniyasining Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Afrika bo‘yicha direktori Kirill Xomyakov Kursiv Uzbekistan muxbirining sun’iy intellekt bilan integratsiyasi haqida bergan savoliga o‘z nuqtayi nazarini bildirdi.

Xomyakovning ta’kidlashicha, yaqin kelajakda sun’iy intellekt agentlari mustaqil ravishda faoliyat yurita boshlaydi va aynan shunday sharoitda AI texnologiyalari kripto va blokcheyn infratuzilmalariga bog‘liq bo‘ladi. U AI uchun eng muhim resurs – energiya ekanligini ta’kidlab, AI o‘z xizmatlarini sotib, ular uchun to‘lov qabul qilishi zarurligini aytdi.

«Sun’iy intellekt faqatgina energiya va hisoblash quvvatiga muhtoj. Bu imkoniyat esa faqat blokcheyn orqali amalga oshishi mumkin. Oddiy bank hisob raqamini AI ocholmaydi, lekin blokcheynda ochishi mumkin», – dedi Xomyakov.

U so‘zida yaqinda o‘tkazilgan eksperimentga ham misol keltirdi: Amazon platformasida AI’ga $100 ming berilib, u million dollar ishlab topishi vazifasi qo‘yilgan. Sun’iy intellekt bozordagi talabni tahlil qilgan, ishlab chiqaruvchilarni topib, onlayn shartnoma tuzgan, logistika va sotuvni ham o‘zi bajargan. Ammo AI’ning yagona cheklovi bank hisob raqami ocholmasligi bo‘lgan, deya ta’kidladi mutaxassis.

Xomyakovga ko‘ra, sanoat aynan shu nuqtaga yetganda, blokcheyn AI’ning to‘liq ishlashi uchun yagona platformaga aylanadi. U bu yo‘nalishda katta texnologik yutuqlar yaqinlashayotganini ta’kidladi. Biroq Binance’da sun’iy intellekt bilan integratsiya hali bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Binance’da ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 33-o‘ringa chiqqani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek