BYD Leopard Titanium sotuvga chiqarildi – narx

16-aprel 2025 21:02 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
BYD Leopard Titanium sotuvga chiqarildi / Foto: ITHome

BYD Leopard Titanium 3 elektrli SUV’ning rasmiy savdosi boshlandi, narxi esa kutilganidan ham arzonroq – $18,2 mingdan $26,4 minggacha, deya yozmoqda ITHome nashri.

Foto: ITHome

Unga ko‘ra, mazkur SUV 421 ot kuchiga ega, to‘liq quvvat tizimi bilan jihozlangan va 100 km/soatga 4,9 soniyada tezlashadi. Dronli versiyasi eng qimmat model bo‘lib, o‘ta zamonaviy dizaynga ega.

Foto: ITHome

Titanium 3,5 ming kmgacha masofa bosa oladigan batareyaga ega. SUV lazerli faralar, ikki zonali klimat-kontrol va Devialet audio, dronli tizim va yangi avtonom haydash texnologiyalari bilan jihozlangan. Bu avtomobil, ayniqsa, innovatsiyalarni sevuvchi haydovchilar uchun yaxshi tanlov bo‘lishi aniq.

Foto: ITHome

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chery Fulwin T9 2025 krossoveri haqida yozgan edik.

Shuningdek