
BYD Leopard Titanium 3 elektrli SUV’ning rasmiy savdosi boshlandi, narxi esa kutilganidan ham arzonroq – $18,2 mingdan $26,4 minggacha, deya yozmoqda ITHome nashri.

Unga ko‘ra, mazkur SUV 421 ot kuchiga ega, to‘liq quvvat tizimi bilan jihozlangan va 100 km/soatga 4,9 soniyada tezlashadi. Dronli versiyasi eng qimmat model bo‘lib, o‘ta zamonaviy dizaynga ega.

Titanium 3,5 ming kmgacha masofa bosa oladigan batareyaga ega. SUV lazerli faralar, ikki zonali klimat-kontrol va Devialet audio, dronli tizim va yangi avtonom haydash texnologiyalari bilan jihozlangan. Bu avtomobil, ayniqsa, innovatsiyalarni sevuvchi haydovchilar uchun yaxshi tanlov bo‘lishi aniq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chery Fulwin T9 2025 krossoveri haqida yozgan edik.