Gadjetlar

Endi Grok yordamida hujjat va o‘yinlar yaratish mumkin

Google Drive bilan integratsiya qilish ham mumkin
Endi Grok yordamida hujjat va o‘yinlar yaratish mumkin bo‘ladi / Foto: Player.me

Ilon Maskning xAI kompaniyasi tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt chat-boti Grok endi hujjatlar, kod, hisobotlar va hatto brauzer o‘yinlarini ham yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

15-aprel kuni taqdim etilgan Grok Studio funksiyasi foydalanuvchilarga kontent ustida Grok bilan birgalikda ishlashga imkon beradi.

Yangi interfeys orqali foydalanuvchilar HTML parchalari, Python, C++ va JavaScript kodlarini sinovdan o‘tkazishlari mumkin. Shuningdek, Google Drive bilan integratsiya qilish imkoniyati ham paydo bo‘ldi — endilikda Grok Drive’dagi hujjatlar, jadvallar va taqdimotlar bilan ishlay oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Grok chat-boti Androidʼda eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylangan edi.