Endi Leapmotor O‘zbekistonda faqat rasmiy distribyutor orqali faoliyat olib boradi

16-aprel 2025 19:15 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Leapmotor O‘zbekistonda rasmiy faoliyatini boshlamoqda / Foto: Avto.ru

2025-yil 13-aprel kuni Leapmotor Automobile Co. Ltd. kompaniyasi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markaziga rasmiy murojaat yubordi. Bu haqda markaz rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, kompaniya mamlakatga norasmiy distribyutorlar orqali olib kirilgan C16 rusumli avtomobillar holatini tan oldi va bu bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga tayyorligini bildirdi. Kompaniya O‘zbekistonda faqat rasmiy distribyutor orqali faoliyat yuritishini, norasmiy yo‘l bilan kirib kelgan avtomobillar tan olinmasligini va ular uchun kafolat yoki xizmatlar taqdim etilmasligini ma’lum qildi.

Shuningdek, turni tasdiqlash hujjatini (OTTC) olish bo‘yicha sinovlar yakunlanayotgani va UzTest bilan sifat nazoratini kuchaytirish yo‘lida hamkorlik rejalashtirilayotgani qayd etildi. Bu tashabbus avtomobillar xavfsizligi va texnik talablariga muvofiqligini ta’minlashga xizmat qilishi aytildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Leapmotor C16 avtomobillari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan edi.

Shuningdek