
Honor kompaniyasi tomonidan yangi Honor Power smartfoni taqdim etildi. Bu haqda Mydrivers nashri xabar bermoqda.
Yangi smartfon uch xil xotiraga ega qurilmani taklif etadi: 8/256 GB, 12/256 GB va 16/256 GB. Smartfonning qalinligi 7,98 mm, ogʻirligi esa atigi 209 gramm. Maksimal zaryadlash quvvati 66 Vt.

Honor Powerʼning asosiy xususiyati uning 8000 mA/soat akkumulyatoridir. U Qualcomm Snapdragon 7 Gen3 protsessorida qurilgan boʻlib, 6,78 dyuymli 1,5K oʻlchamli va maksimal yorqinligi 4000 cd/m2 boʻlgan OLED-ekran bilan jihozlangan.

Modelning old kamerasi 16 MP imkoniyatga ega. Asosiy kamera tizimi 50 MPli sensorlardan foydalanadi. Yangi qurilma NFC chipi va Beidou tizimi (SMS) orqali sun’iy yoʻldosh aloqasini qoʻllab-quvvatlash imkoniyatini taqdim etadi.
Modelning narxi $230 dan boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri onor yangi Pad X9a modelini taqdim qilgani haqida yozgan edi.