
Markaziy Osiyo davlatlari qoʻshma telekanal va media platforma ochishi mumkin. Bu haqda Qozogʻiston madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva ikkinchi Markaziy Osiyo media-forumida ma’lum qildi.
Telekanal dasturida mintaqa salohiyati, Markaziy Osiyo xalqlarining doʻstligi va birligi haqidagi koʻrsatuvlar boʻladi. Tarixiy voqealar va madaniyat haqida turkum koʻrsatuvlar yaratish rejalashtirilgan.
Ommaviy axborot vositalaridagi muvaffaqiyatli hamkorlikka misol sifatida vazir Qozogʻiston Madaniyat va axborot vazirligi hamda Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik rejasini keltirgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Pekin – Markaziy Osiyo temir yoʻl yoʻnalishi 8-aprel kuni muntazam ravishda ishga tushirilgani haqida yozgan edi.