Yangiliklar

Metroda yuz va kaft bilan to‘lash tizimi 2026- yilda Dubayda paydo bo‘lishi mumkin

Yaqin orada Germaniya bilan bu tizimni tashkil etish uchun muzokaralar boshlanadi
yuz va kaft bilan to‘lash
Metroda yuz va kaft bilan to‘lash tizimi 2026- yilda Dubayda paydo bo‘lishi mumkin / Foto: Toshkent shahar hokimligi

Crypto Week Uzbekistan 2025 forumida Uzinfocom mijozlar bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Rustam Alavutdinov chiqish qildi. U o‘z nutqida O‘zbekistonda joriy etilgan yuz va kaft bilan to‘lash tizimi bo‘yicha xalqaro qiziqish ortib borayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri ma’lum qildi.

Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent metropolitenida muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan biometrik to‘lov tizimi boshqa davlatlarda ham qo‘llanishi mumkin. Alavutdinovning aytishicha, hozirda Birlashgan Arab Amirliklari bilan muzokaralar olib borilmoqda, va agar ular ijobiy yakunlansa, bu texnologiya 2026-yilda Dubay metrosida ishga tushirilishi mumkin.

Shuningdek, yaqin orada Germaniya bilan bu tizimni Berlinda tashkil etish uchun muzokaralar boshlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ATTO transport kartalarini qayerdan rasmiylashtirish mumkinligi haqida xabar bergan edi.