
NASA olimlari ilk kosmik kvant gravitatsion sensori – Quantum Gravity Gradiometer Pathfinder (QGGPf) ustida ish boshladi. Bu haqda kompaniyaga tegishli sahifada ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, ushbu qurilma orbitadan turib Yerning tortishish maydonidagi o‘zgarishlarni yuqori aniqlikda o‘lchay oladi. Bu texnologiya orqali yashirin yerosti suvlari, foydali qazilmalar aniqlanadi, shuningdek, vulqon otilishlarini oldindan bashorat qilish mumkin bo‘ladi.
Qurilma mutlaq nolga yaqin darajada sovitilgan rubidiy atomlari asosida ishlaydi va an’anaviy usullarga qaraganda 10 baravar aniqlik bilan ma’lumot beradi. Missiya 2030-yillarga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Loyiha nafaqat Yer, balki Mars va boshqa sayyoralarning gravitatsiyasini o‘rganishga ham xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Quyoshda kuchli chaqnash sodir boʻlgani haqida yozgan edik.