
Oʻtgan yilda Andijonda kambagʻallik 11,9 foizdan 9,5 foizga pasaygani bilan respublikada 9-oʻrinni qayd etdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha yigʻilishda ma’lum qilindi.
Asaka tumanining Otash mahallasidagi 810 ta xonadondan 805 tasida issiqxona mavjud boʻlib, ular yiliga uch marta hosil olayotgani qayd etilgan. Bunday tajriba yana 907 xonadonda foydalanish kerakligi aytilgan.
Issiqxona barpo etish kambagʻallik yuqori boʻlgan Ulugʻnor, Paxtaobod, Xoʻjaobod, Marhamat va Andijon tumanlarida ham yoʻlga qoʻyilishi belgilandi. Bunday zamonaviy issiqxonalarni namunaviy tashkil qilgan mahalla raislariga 100 foiz ustama beriladi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Andijon viloyatida barpo etilayotgan Yangi Andijon shahri qurilishi bosqichma-bosqich davom etayotgani haqida yozgan edi.