Oʻzbekistonda birinchi zaytun plantatsiyasi paydo boʻldi

Oʻzbekistonda Gruziyaning Global Olive Corporation kompaniyasi bilan hamkorlikda zaytunni sanoat miqyosida yetishtirish boshlandi. Bu haqda EsatFruit xabar bermoqda.
Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti gruziyalik hamkorlar bilan shartnoma imzoladi. Loyiha doirasida mamlakatimizga «Gemlik» navli 4,2 ming tup koʻchat keltirilib, Bandixonadagi tajriba stansiyasiga ekilgan.
Loyiha zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnologiyalarini joriy etish va yangi yoʻnalish – zaytun yetishtirishni rivojlantirishga yordam beradi. Ikki davlat mutaxassislari oʻzaro tajriba almashishadi, izlanishlar olib boradi va zaytun daraxtlarini toʻgʻri parvarish qilishni oʻrganadi.
Kelgusida koʻchatlar maydonini kengaytirish, zaytunni qayta ishlash korxonalari qurish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri qishloq xoʻjaligi sohasida «E-urugʻ» platformasi yaratilgani haqida yozgan edi.