
Stenford universiteti olimlari insonning og‘riqni sezish jarayonini taqlid qiluvchi mini asab tizimi modelini yaratdi. Bu haqda ZME Science nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, model atigi ikki santimetrli bu model to‘rt mln hujayradan tashkil topgan bo‘lib, u «sensor assambloyid» deb nomlandi. U teridan tortib miya po‘stlog‘igacha bo‘lgan og‘riq signallari yo‘lini to‘liq takrorlaydi.
Model inson terisi hujayralaridan olinib, asab tizimi elementlariga aylantirilgan va 100 kun ichida to‘liq funksional zanjirga birlashtirilgan. Stimulyatsiya qilinishi bilan signallar butun tizim bo‘ylab harakat qiladi.
Ushbu kashfiyot og‘riq va sezuvchanlikni hujayra darajasida o‘rganishga yo‘l ochib, surunkali og‘riq va nevrologik kasalliklarni davolashda yangi usullar ishlab chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ekran va tugmalarsiz sun’iy intellektli qurilma yaratilishi haqida yozgan edik.