Samarqand shahrida jamoat transporti narxlari oshirildi
eʼlon qilindi
15-apreldan boshlab

15-apreldan boshlab Samarqand shahrida jamoat transporti narxlari oshirildi. Bu haqda Samarqand viloyati transport boshqarmasi xabar bermoqda.
Elektron toʻlov tizimini ommalashtirish va jamoat transporti moliyaviy faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida toʻlovlar naqd pul uchun 3 ming soʻmni tashkil etadi. Toʻlovlar plastik va yagona transport kartalari (ATTO) orqali amalga oshirilganda 2 ming soʻm etib belgilandi.
Shuningdek, pensioner va nogironlar, talaba va oʻquvchilar hamda jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega shaxslar uchun alohida tariflar belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri ATTO transport kartalarini qayerdan rasmiylashtirish mumkinligi haqida yozgan edi.