Samsung Galaxy A56 oʻzining birinchi dasturiy yangilanishini oladi

16-aprel 2025 14:45 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Samsung
Samsung Galaxy A56 oʻzining birinchi dasturiy yangilanishini oladi / Foto: Sammobile

Samsung’ning 2025-yildagi eng koʻp funksiyalarga ega oʻrta diapazonli telefoni Galaxy A56 oʻzining birinchi dasturiy taʼminotini yangilamoqda. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Ushbu yangilanish smartfonga 2025-yil aprel oyidagi xavfsizlik qoʻshimchalarini taqdim etadi va uni A566BXXS2AYD3 qurilish raqami orqali aniqlash mumkin.

Birinchi A56 yangilanishiga nimalar kiritilgan

Ushbu yangilanish sizga faqat xavfsizlik qoʻshimchalarini taqdim etadi. U Samsung qurilmalaridagi xavfsizlik zaifliklari uchun jami 56 ta tuzatishni beradi.

Yangilanishni yuklab olish uchun qurilma sozlamalaridan «Dasturiy taʼminotni yangilash» menyusiga oʻtish kerak. Undan soʻng Yuklab olish va oʻrnatish tugmasi bosiladi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy XCover7 Pro smartfoni va Galaxy Tab Active5 Pro planshetini taqdim etganini rasman eʼlon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek