
Uzbekistan Airports kompaniyasi tomonidan Toshkent xalqaro aeroporti hududida joy ijarasi uchun yangi lotlar auksion savdosiga qo‘yildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Savdolar E-auksion.uz elektron platformasi orqali o‘tkaziladi. Unga mahalliy va xorijiy aviakompaniyalar vakolatxonalari uchun mo‘ljallangan ofis maydonlari taklif etilmoqda.
Lotlar maydoni 7,3 kv.m dan 19,2 kv.m gacha bo‘lib, jami 7 ta lot savdoga qo‘yilgan. Auksion savdosi shu yilning 24-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Har bir lot uchun 1 kv.m maydon uchun boshlang‘ich oylik ijara narxi belgilangan bo‘lib, bu ma’lumotlar E-auksion.uz platformasida ochiq e’lon qilingan.
Auksionda ishtirok etmoqchi bo‘lgan kompaniyalar belgilangan texnik va huquqiy talablar asosida ro‘yxatdan o‘tishi, shuningdek, har bir lot ostida ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilishi lozim. Shuningdek, savdo jarayonida yillik ijara narxi kamida 10 foizga oshishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent aeroportida ilk milliy taomlar restorani ochilgani haqida yozgandi.